Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi va Madriddagi Islom kutubxonasi o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

O'zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik bo'yicha Ispaniya agentligining (AECID) "Felix Maria Pareja" islom kutubxonasi direktori Luisa Mara bilan uchrashdi.
Muloqot chog'ida hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini muhokama qilindi hamda axborot va kitob fondlari almashinuvi sohasida kelishuvga erishildi.
O'zbek va ispan tillaridagi kitob fondlarini raqamlashtirish, qo'shma seminarlar, mahorat darslari va boshqa ma'rifiy-madaniy tadbirlar tashkil etishda ko'mak ko'rsatish taklif etildi.
AECID Islom kutubxonasi va Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandumni imzolash tashabbusiga alohida e'tibor qaratildi.
Madaniy aloqalarni kengaytirish ishonchni mustahkamlash, O'zbekistonga sayyohlik va sarmoyaviy qiziqishni oshirishga xizmat qilishi ta'kidlandi. Noyob nashrlarni raqamlashtirish, qo'shma tadbirlar o'tkazish va imzolanadigan memorandum orqali institutsional hamkorlik qilish ta'lim texnologiyalari va kitob biznesini rivojlantirish uchun salohiyat yaratadi.
O'zbekiston elchixonasi nomidan kutubxonaga "Temur Tuzuklari" va "Sharq xattotligi va miniatyura san'ati namunalari" kitoblari sovg'a qilindi. O'z navbatida, Luisa Mara kutubxonada saqlanayotgan O'zbekiston tarixi va madaniy merosiga oid kitoblarni taqdim etdi.