O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonoti

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston va Pokiston chegarasidagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan chuqur xavotir bildirgan rasmiy bayonot bilan chiqdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
“O‘zbekiston Respublikasi Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara hududida vaziyatning keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi, – deyiladi hujjatda. – Biz tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka hamda keskinlikning yana-da kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz. Shuningdek, O‘zbekiston tomoni yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zaro hurmat prinsiplari asosida hal etilishi lozimligini yana bir bor taʼkidlaydi”.