O‘zbekiston 2025-yilda 7 ming tonna uran ishlab chiqargan

O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha ilgari e’lon qilingan rejalarni sezilarli darajada oshirdi va yaqin yillarda sanoatni faol kengaytirishni davom ettirish niyatida, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Qayd etilishicha, 2025-yilda O‘zbekiston uran qazib olish hajmini 7 ming tonnaga yetkazdi, bu hukumatning dastlabki prognozlaridan ancha yuqori. Shu bilan birga, respublika yil davomida to‘rtta yangi uran konini o‘zlashtirishni boshlashni rejalashtirmoqda.
Mamlakatda uran qazib olish bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni ilk bor e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu xomashyoning umumiy zaxiralari 139 ming tonnaga baholanmoqda. Bu ko‘rsatkichlar 2025-yilda 4,2 ming tonnadan ortiq ishlab chiqarishni kutgan atom energiyasi agentligining avval e’lon qilingan rejalaridan sezilarli darajada farq qiladi.
Mamlakatni rivojlantirish strategiyasi doirasida O‘zbekiston 2030-yilga borib yillik uran qazib olishni 7200 tonnaga yetkazishni maqsad qilgan. O‘zbekiston tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari O‘rol Yusupov 150 million dollarlik loyihalardan biri joriy yilning iyul oyida qazib olishni boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.