O‘zbekiston Prezidenti Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Davos shahrida Amerika yetakchisi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun Shveysariyaga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, avvalroq O‘zbekiston yetakchisi kengashga taʼsischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.
Mamlakatimiz yetakchisi AQSh Prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini taʼkidladi.