Turizm Qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

O‘zbekistonning Birlashgan Amirliklardagi elchisi Abdulaziz Aqqulov O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
1985-yilda tug‘ilgan Abdulaziz Aqqulov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini xalqaro turizm sohasida menejment mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2006 yildan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlagan. 2018 yil noyabridan 2020 yil fevraligacha qo‘mita raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘lgan, so‘ngra qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan, 2021 yil aprelida esa Turizm va sport vaziri o‘rinbosari bo‘lgan.
2022-yil sentyabr oyida BAA Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi.