Toshkent xalqaro aeroportida yangi "E-Gate" pasport nazorati tizimi ishga tushirildi

Toshkent xalqaro aeroporti uchib kelish zalida "E-Gate" avtomatlashtirilgan pasport nazorati tizimi joriy etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri "Uzbekistan Airports" telegram-kanaliga tayanib.
Yangi o'tish joylari O'zbekiston fuqarolari uchun mo'ljallangan 8 ta elektron yo'lak bilan jihozlangan. Yo'lovchilar biometrik pasportlarini maxsus skanerga qo'yadilar va shaxsni tasdiqlash jarayonidan o'tadilar. Shundan so'ng, turniket avtomatik ravishda ochiladi. Butun jarayon taxminan 15-20 soniya davom etadi.
"E-Gate" tizimi ilk bor 2023-yilda Toshkent aeroportida - xalqaro terminalning parvozlar zalida ishga tushirilgan edi. Hozirda poytaxt aeroportida mazkur yangi o'tish joyi bilan birga avtomatlashtirilgan o'tkazish liniyalarining umumiy soni 20 taga yetdi.
Ta'kidlash joizki, "E-Gate" texnologiyasining joriy etilishi pasport nazorati vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, nazorat punktlarining o'tkazuvchanligini oshiradi va yo'lovchilar uchun qo'shimcha qulaylik yaratadi.