Imma Tor Faus: 2026-yil mart oyida Andorra tog‘lar va barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan "Mountain Partnership" yettinchi Butunjahon uchrashuviga mezbonlik qiladi

Andorra tashqi ishlar vaziri Imma Tor Faus Bosh konferensiyaning 43-sessiyasi doirasida "Dunyo" AA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi:
- Bugun Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ishtirok etayotganimdan juda xursandman. O‘zbekistonni ushbu tadbir yuksak saviyada tashkil etilgani bilan chin dildan tabriklayman. Infratuzilma mukammal, hamma narsa mayda-chuydasigacha puxta o‘ylangan, mehmondo‘stlik va samimiy qabul esa g‘oyat ajoyib.
Konferensiya ishi juda samarali davom etmoqda va tarix va madaniyatlararo muloqot ramzi bo‘lgan aynan Samarqand sessiya o‘tkaziladigan joyga aylanganidan barchamiz xursandmiz.
"Tinchlik yo‘llari" dasturi doirasida nafaqat Andorrada, balki boshqa mamlakatlarda ham madaniy, san’at va ta’lim tashabbuslarini yaratish va tarqatishni qo‘llab-quvvatlaymiz. Andorra ayniqsa ta’lim sohasida faol: bir nechta Andorra maktablari YUNESKO bilan bog‘langan maktablar tarmog‘iga kiradi, u yerda o‘quvchilar YUNESKO tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan universal qadriyatlarni - tinchlik, bag‘rikenglik va madaniy xilma-xillikni hurmat qilishni o‘rganadilar va targ‘ib qiladilar.
Madaniyat va meros bizning faoliyatimizda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda Andorrada beshta obyekt YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan va biz hamkorlikning paydo bo‘lishi (co-principate) va u bilan bog‘liq moddiy yodgorliklarga bag‘ishlangan yangi transmilliy nominatsiyani tayyorlamoqdamiz. Ushbu loyiha Andorra, shuningdek, Fransiya va Ispaniyada joylashgan yodgorliklarni birlashtiradi hamda davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik mustaqillik va yaxshi qo‘shnichilik tarixini ta’kidlaydi.
Yaqinda Andorrada O‘zbekistonning mamlakatimizdagi birinchi elchisini qabul qilish sharafiga muyassar bo‘ldim. Umumiy ustuvor yo‘nalishlarga qaramay, hamkorligimiz darajasini sezilarli darajada mustahkamlash mumkinligini ta’kidladik. Biz sheriklikni, ayniqsa, barqaror turizm va Andorrada katta tajriba to‘plangan tog‘ ekotizimlarini muhofaza qilish kabi sohalarda rivojlantirishga kelishib oldik.
Shu munosabat bilan Andorra 2026-yil mart oyida tog‘lar va barqaror rivojlanishga bag‘ishlangan "Mountain Partnership" yettinchi Butunjahon uchrashuviga mezbonlik qiladi. Biz O‘zbekistonning ushbu muhim tadbirdagi ishtirokini ko‘rib turganimizdan chin dildan xursand bo‘lamiz va uni ushbu tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz.