O'zbekiston turizmi tarixiy rekordlarni yangilamoqda – mamlakat har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy sayyohlarni qabul qilmoqda

Mamlakat tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord ko'rsatkichlarni namoyish etmoqda – 2025 yil aprel oyidan boshlab O'zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda.
Turizm qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, uu tariqa, joriy yilning to'qqiz oyida O'zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o'tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko'pdir.
Ushbu ko'rsatkich davlatlar kesimida – 2025-yilda post-pandemik 2022-yilga nisbatan turistlar oqimining o'sishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQSHdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi. Shuningdek, 2025-yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSH dollaridan oshdi.
Mahalliy turizm sohasidagi mislsiz yutuqlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida chuqur islohotlar va mamlakatning turistik salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan maqsadli sa'y-harakatlar natijasidir. Yetakchi jahon media platformalari bilan faol hamkorlik, xorijda keng ko'lamli roud-shoular, xalqaro ko'rgazmalarda ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar O'zbekiston brendini global miqyosda sezilarli darajada mustahkamladi.