Yilning dastlabki 8 oyida Oʻzbekiston importni 11,8% ga oshirib, 28,5 milliard dollarga yetkazdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston importi hajmi 28,5 milliard AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 foizga oshgan.
Joriy yilning 8 oyida O‘zbekiston dunyoning 170 dan ortiq mamlakatidan tovar va xizmatlar import qilgan. Eng ko‘p import quyidagi davlatlarga to‘g‘ri kelgan:
Xitoy - 8,5 mlrd dollar,
Rossiya - 5,4 mlrd dollar,
Qozog‘iston - 2,1 mlrd dollar,
Turkiya - 1,2 mlrd dollar,
Koreya Respublikasi - 1,1 mlrd dollar,
Germaniya - 774 mln dollar,
Hindiston - 734,3 mln dollar,
Turkmaniston - 581,6 mln dollar,
Belarus - 478,5 mln dollar,
AQSH - 416,3 mln dollar.
Boshqa mamlakatlardan import hajmi qariyb 7,2 milliard dollarni tashkil etdi.
Importning ijobiy dinamikasi milliy iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlari, sanoat ishlab chiqarishining kengayishi va O‘zbekistonning yetakchi hamkor davlatlar bilan tashqi savdo aloqalarining mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistondan eksport hajmi 23 milliard AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31,3 foizga oshgan.