O‘zbekiston va Ozarbayjon Barselonada “Silk Road Highlights” roadshowini o‘tkazadi

Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va Ozarbayjon Respublikasi Turizm boshqarmasi sizni “Joint Silk Road Highlights Tour” roadshow tadbirida ishtirok etishga taklif qiladi. Tadbir 2025-yil 24-oktabr kuni Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tadbirning maqsadi — Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan turistik yo‘nalishlarni targ‘ib qilish, xususan Boku, Shamaxı, Shaki, Xiva, Buxoro va Samarqand kabi tarixiy shaharlarni yanada ommalashtirishdir. Ushbu tashabbus O‘zbekistonning Yevropa va boshqa xalqaro bozorlardagi turizm salohiyatini mustahkamlashga, shuningdek mintaqamizga tashrif buyuruvchilar sonini oshirishga qaratilgan.
📍 Manzil: Leonardo Royal Hotel Barcelona Fira (Dalí, Picasso, Goya zallari)
📅 Sana: 2025-yil 24-oktabr
Tadbir dasturi:
-
17:30 – Ro‘yxatdan o‘tish
-
18:00 – 18:45 – Yo‘nalishlar taqdimoti
-
18:45 – 19:45 – B2B uchrashuvlar
-
19:15 – 20:00 – Tanaffus
-
20:00 – 20:30 – Kokteyl
Sizni O‘zbekiston va Ozarbayjonning yetakchi turizm kompaniyalarini birlashtiradigan B2B uchrashuvlari va networking sessiyasida ishtirok etishga chorlaymiz.
Sizni Barselonada kutib olishdan mamnun bo‘lamiz!