Granadada "Samarqandga sayohat: Rui Gonsales de Klavixoning Amir Temur davlatidagi elchilik faoliyati haqida" nomli ko'rgazma ochildi

Ispaniyaning Granada shahridagi "Andalusiya merosi" jamg'armasi shtab-kvartirasida "Samarqandga sayohat. Ruy Gonsales de Klavixoning Amir Temur davlatidagi elchilik faoliyati haqida (1403–1406)" nomli ko'rgazma ochildi.
Ko'rgazma tashrif buyuruvchilarni Kastiliya va Sharq o'rtasidagi o'rta asr diplomatiyasining eng ajoyib epizodlaridan biri bilan tanishtiradi.
Unga Granada universiteti professori Rafael Lopes Guzman kuratorlik qilayapti. Ekspozitsiyada elchining Kadizdan Samarqandga borishi uchun Konstantinopol, Anadolu, Armaniston, Fors va Transoksaniya orqali bosib o'tgan yo'llari haqidagi muhim ma'lumotlar asosiy o'rin egallagan. "Andalusiya merosi" jamg'armasi kolleksiyalari, Granada universiteti Qirollik kasalxonasi kutubxonasi va Qirollik cherkovi kabi shaxsiy kolleksiyalar va muassasalardan olingan artefaktlar tashrif buyuruvchilar e'tiboriga taqdim etilmoqda.
Tashkilotchilarga ko'ra, ko'rgazma nafaqat nodir eksponatlar bilan tanishish, balki, XV asr boshidagi diplomatik muloqot, madaniy aloqalar va Sharq va G'arbning o'zaro idrogi tarixiga to'xtalib o'tish imkonini beradi. Shuningdek, Yevropa jamoatchiligiga Samarqandning tarixiy ahamiyati, nafaqat O'zbekiston, balki butun Yevroosiyo makonida muhim rol o'ynagan Temuriylar merosi bilan yaqindan tanishtiradi.
Ko'rgazma 2026-yilning 9-yanvarigacha davom etadi.