Prezident Sh.Mirziyoyevning “ShHT plyus” formatidagi yig‘ilishdagi nutqidagi asosiy fikrlar
Davlat rahbari ShHT oldida turgan dolzarb vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.
1. Umumiy xavfsizlikni ta’minlash
SHHTning Yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va transchegaraviy sheriklik kodeksi qabul qilinish taklif etildi.
2. Iqtisodiy sohada hamkorlik bo'yicha strategik yuksalishga erishish
Shu munosabat bilan SHHT doirasida savdo jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha bitimni ishlab chiqish zarurligi qayd etilib, unda savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish, texnik reglamentlar va sertifikatlash, fitosanitariya va veterinariya nazorati tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni kiritilishi mumkunligini qayd etdi.
Bundan tashqari, prezident transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha jahondagi tendensiyalarni hisobga olgan holda ushbu sohada amaldagi raqamli savdo platformalari integratsiyasini ko‘zda tutuvchi hamkorlik dasturini tayyorlashni taklif etdi.
3. Sanoat kooperatsiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash
Eng avvalo, infratuzilma, sanoatning yuqori texnologiyali tarmoqlari va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish taklif qilindi. Bunda ushbu loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini puxta o‘ylab ko‘rish, SHHT jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqishga qaytish muhimligi aytildi.
4. Inklyuziv transport tizimlarini shakllantirish
"Transport yo‘laklarining ko‘p variantli bo‘lishi — butun mintaqamiz barqaror rivojlanishining eng muhim shartidir”, — dedi Prezident, va logistika jarayonlarini raqamlashtirish rejasini ishlab chiqish, shu jumladan, mamlakatlar chegaralari orqali o‘tadigan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarning elektron almashuvini tashkil etish taklifi ilgari surdi.
5. SHHT makonida zamonaviy va ishonchli energetika infratuzilmalarini kengaytirish
Qayta tiklanadigan energetikaga investitsiya va texnologiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlikning kompleks rejasini ishlab chiqishni taklif etdi.
6. Jadallashtirilgan raqamli transformatsiya
Tajriba va eng yaxshi amaliyotlar almashuvi, IT parklarning tizimli hamkorligini rivojlantirish maqsadida “SHHT kelajak texnologiyalari” dasturini ishlab chiqish taklif etildi.
7. Ijtimoiy rivojlanish va himoya sohasida SHHT mamlakatlari hamkorligi bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish.
8. “SHHT oziq-ovqat xavfsizligi atlasi” qo‘shma elektron platformasini ishlab chiqish
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ularni yetkazib berish imkoniyatlari nomma-nom aks ettirilgan mamlakatlarning agrosanoat sohasidagi salohiyati haqidagi ma’lumotlarni birlashtiradi.
Mintaqadagi xavfsizlik masalalariga, xususan, qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratildi.
Kobul bilan muloqotlarni saqlash butun mintaqaning xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot borasidagi manfaatlariga mos kelishini ta'qidlab, Prezident Mirziyoyev “SHHT-Afg‘oniston” muloqot guruhining faoliyatini qayta tiklash haqidagi taklifni bildirdi.