Madaniy-gumanitar soha
2020 Madrid Islom madaniyati markazi va Imom Al-Buxoriy xalqaro tadqiqot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolandi.
2021 yil 6 oktyabr Bekobodda Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi akademiyasi ish boshladi.
2020 yil 17 dekabr Madriddagi Komplutense universiteti hududida olim Al-Xorazmiy byusti o‘rnatildi.
2022-yilning 25-29-avgust kunlari O‘zbekiston vakillari Ontinyentdagi (Valensiya) “Mavrlar va xristianlar” madaniy festivalida ishtirok etishdi.
2023-yil 15-iyun kuni Valensiyadagi Ipak muzeyida “Buyuk ipak yo‘li” ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda milliy liboslar, hunarmandchilik buyumlari namoyish etildi.
Ta'lim sohasida
2023-yilning 24-27-aprel kunlari “SEPIE” ta'limni xalqarolashtirish ispan xizmati delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi, va shu jumladan, Respublika oliy ta’lim muassasalari vakillari va talabalari ishtirokida seminar va davra suhbatlari o‘tkazildi.
2023-yil 25-aprel kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasi va “SEPIE” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘zbekistondagi 17ta oliy o‘quv yurti Ispaniyaning 15ta universiteti bilan hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarni imzolash orqali aloqa o‘rnatgan. Hamkorlikning huquqiy asosi 32dan ortiq universitetlararo shartnomalar va memorandumlar iborat.
Kastilya-La-Mancha, San-Pablo va Santyago-de-Kompostela universitetlari bilan universitetlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Samarqand davlat chet tillar instituti va O‘zbekiston Jahon tillari universiteti huzurida “Ispan tili va madaniyati” markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
JIDU va San-Pablo universiteti, Santyago de Kompostela universiteti va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolangan.
Nebrixa universiteti prezidenti X.Iberni O‘zbekistonga tashrifi doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti, JIDU, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, va O‘zbekiston Milliy universiteti bilan qator hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Hududlar oʻrtasida sheriklik aloqalarini rivojlantirish sohasida Xiva shahri va San-Lorentso-del-Eskorial shaharlari oʻrtasida “Turizm va madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisida”gi Memorandum imzolandi.
Turizm sohasida
O‘zbekiston vakillari Madridda o‘tkaziladigan “FITUR” xalqaro sayyohlik yarmarkasida muntazam ishtirok etib keladi.
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2019-yil 1-fevraldan Ispaniya fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz kirish tartibi joriy etildi.
Tegishli boshqarmalar o‘rtasida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, 2017-yil aprel oyida “Kalam” korxonasi direktori R.Mayoning O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha Turizm vazirligi huzuridagi “Ipak yo‘li Ofisi” unitar korxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi bilan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi.
2019-yil mart oyida Samarqandda Ibero-Amerika Turizm Professionallar Ittifoqi (UIPT) konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
2019-yil may oyida Madridda yirik turoperatorlardan biri “Grandvoyage” O‘zbekistonga “Eng yaxshi rivojlanayotgan turistik yo‘nalish” nominatsiyasida mukofotni topshirdi.
2024-yil 14-16-fevral kunlari Samarqand viloyati delegatsiyasining Valensiyaga tashrifi doirasida Samarqandning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turistik darvozasi” tadbiri tashkil etildi.