Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlik
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq, Ispaniya bilan savdo qilishda eng qulay davlat rejimi o‘rnatildi.
2023 yilda tovar ayirboshlash hajmi 1,6 baravarga oshib, 79,8 mln dollarni tashkil etdi, shundan Ispaniyaga eksport – 7,0 million AQSH dollar, import - 72,8 million AQSH dollar.
2024 yilning 2 oyi uchun bu ko'rsatkich 16,9 million dollarni tashkil etdi, shu jumladan, Ispaniyaga eksport – 0,4 million AQSH dollar, import – 16,5 million AQSH dollar.
Respublikada 17ta korxona faoliyat yuritmoqda (9 - QK, 8 - 100% ispan kapitali bilan).
Hozirgi kunda O‘zbekistonda 12ta investitsiya loyihasi ishlab chiqilmoqda. Agrosanoat, oziq-ovqat, kimyo, to‘qimachilik, turizm, farmatsevtika, metallurgiya, vinochilik, temir yo‘l infratuzilmasi va chorvachilik istiqbolli yo‘nalishlardir.
2023-yilning 1-2-mart kunlari Toshkent shahrida Ispaniyaning 30dan ortiq yirik kompaniyalari ishtirokida iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlik bo‘yicha “O‘zbekiston-Ispaniya” hukumatlararo qo'mitasining 1-yig‘ilishi hamda biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumida (2023-yil 24-26-mart) Ispaniyaning 20ta kompaniyasi ishtirok etdi.
2022 yil 22-26 iyul O‘zbekiston uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.Hidoyatov Ispaniyaga tashrif buyurdi. Tashrif davomida “Molekor” va “O‘zsuvta’minot” o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
2022 yilda Valensiyada, 2023-yilda esa Barselona va Madrid shaharlarida “O‘zbek-Ispan” savdo uylari tashkil etilgan.