O'ZBEKISTON-ISPANYA MUNOSABATLARI
Ispaniya O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 31-dekabrda tan oldi, va 1992-yil 17-martda diplomatik munosabatlar oʻrnatdi.
2007 yil iyun oyidan beri Madridda O‘zbekiston elchixonasi o‘z faoliyatini yuritadi.
2022-yil iyul oyida Gonsalo Furnie Ispaniyaning O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili etib tayinlangan.
Barselona va Valensiya shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsullari vakillik qiladi.
Siyosiy muloqot
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Ispaniya Bosh vaziri J.Aznar bilan Florensiyada Yevropa Ittifoqi sammitida (1996 yil iyun) va Madridda qirol Xuan Karlos (2003 yil yanvarda davlat tashrifi chog‘ida va 2009 yil may oyida) uchrashgan.
Prezident Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 9-iyun Ostonadagi EXPO doirasida qirol Filipp VI bilan muzokaralar olib bordi.
Tashqi ishlar vazirligi darajasidagi aloqalar ham izchil davom etmoqda. 2001 yil mart, 2013 yil noyabr va 2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ispaniyaga, Ispaniya tashqi ishlar vazirligi rahbarlari esa O‘zbekistonga 2007 yil aprel, 2009 yil iyul va 2014 yil aprel tashrif buyurdilar.
2022-yilning 2-dekabr kuni O‘zbekiston va Ispaniya tashqi ishlar vazirlarining Lodz shahrida (Polsha) YeXHT 29-Vazirlar kengashi ishidagi qo‘shma ishtiroki doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2022-yil 11-mart kuni ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida VKS formatida siyosiy maslahatlashuvlarning 7-raundi bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 22-23 yanvar O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimov Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Ijroiya kengashining 113-sessiyasida ishtirok etdi va uning doirasida Ispaniya Qiroli Filipp VI bilan uchrashdi.
2023 yil 23 oktyabr Lyuksemburgda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi doirasida ikki davlat tashqi ishlar idoralari rahbarlarining muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Parlamentlararo aloqalar
2018 yilda Oliy Majlis palatalarida “O‘zbekiston – Ispaniya” parlamentlararo guruhi tuzildi.
2021-yilning 26-30-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 143-assambleyasida ishtirok etdi.
2022-yil 6-sentabr kuni Deputatlar Kongressi vitse-prezidenti A.Pastor parlamentlar Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan rais ayollarining “Parlament yetakchiligi: barqarorlikni ta’minlash uchun xavf-xatarlarning oldini olish” va farovonlik” mavzusidagi 14-sammitida ishtirok etdi.
Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslari
Hozirgi vaqtda qonunchilik bazasi 16ta hujjatni tashkil qiladi, ulardan 5tasi davlatlararo, 2tasi hukumatlararo, 6tasi idoralararo va 4tasi xalqaro shartnomalar hisoblanmaydigan hujjatlardir. Hozirda tomonlar 11ta hujjatni ko‘rib chiqmoqda.