Fatvo markazi koll-markazi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi maʼlumotiga ko‘ra, vatandoshlarning diniy bilimlarini orttirish, ularni turli adashgan firqa va guruhlar taʼsiridan samarali himoyalash hamda diniy mavzularga oid turli savollarga to‘g‘ri ilmiy javoblar olish maqsadida idora huzuridagi Fatvo markazida Qo‘ng‘iroqlar markazi (Koll-markaz) tashkil etildi.
Ushbu markaz bilan quyidagi manzillar bo‘yicha bog‘lanish mumkin:
Telegram: @fatvo_call_1, @Fatvo_call_2.
WhatsApp: +998917806633.