Elektron raqamli imzo (ERI) kaliti sertifikatini berish tartibi
Elchixonaning konsullik okrugi mamlakatlarida (Ispaniya va Portugaliya) faoliyat yuritayotgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, hamda xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga Elektron raqamli imzo (ERI) kalitining sertifikatini berish tartibi
Elektron raqamli imzo (ERI) kalitining sertifikatini olish uchun murojaat etuvchi shaxsan Elchixonaga tashrif buyurib, quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etishi kerak:
JISMONIY SHAXSLAR UCHUN
1. O'zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Elchixonasi konsuli nomiga ariza (namunani chop etish).
2. To'ldirilgan Anketa-so'rovnoma (shaklni chop eting). So'rovnoma elektron shaklda o'zbek tilida to'ldirilib, alohida varaqqa bosmalanishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma'lumotlar bilan, tuzatishlar va qo'shimchalarsiz to'liq to'ldirilgan so'rovnoma haqiqiy hisoblanadi.
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. Oʼzbekiston Respublikasida yoki Oʼzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik yoki konsullik muassasalarida olingan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumoti (JShShIR). Ushbu JShShIR mavjub bo´lmagan taqdirda uni xorijdagi diplomatik yoki konsullik muassasalarida bepul tarzda rasmiylashtirish mumkin.
5. Oʼzbekiston fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarning ushbu hududda qonuniy yashayotganligini tasdiqlovchi hujjati nusxasi. Xususan, pasportdagi viza-stikeri, yashash guvohnomasi yoki Ispaniya va Portugaliya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnomasi. Taqdim qilinayotgan hujjat rasmiy tarjimon tomonidan rus tiliga tarjima qilingan bo’lishi kerak.
6. Elektron raqamli imzo kaliti sertifiqati uchun USB flesh-diski - 1 dona.
7. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun - 40 evro;
b) chet el fuqarolari uchun - 70 evro.
XORIJ YURIDIK SHAXSLAR UCHUN
1. O'zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Elchixonasi konsuli nomiga notarial tasdiqlangan holdagi xat. Ushbu xatda yuridik shaxsning to'liq nomi va soliq to'lovchining identifikatsiya raqami (STIR) aniq ko'rsatilishi talab etiladi (namunani chop etish).
2. To'ldirilgan Anketa-so'rovnoma (shaklni chop eting). So'rovnoma elektron shaklda o'zbek tilida to'ldirilib, alohida varaqqa bosmalanishi kerak. Har bir ustunlar batafsil ma'lumotlar bilan, tuzatishlar va qo'shimchalarsiz to'liq to'ldirilgan so'rovnoma haqiqiy hisoblanadi.
3. Yuridik shaxsning rahbari pasporti (asl nusxa) va nusxasi.
4. Oʼzbekiston Respublikasida yoki Oʼzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik yoki konsullik muassasalarida olingan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma'lumoti (JShShIR). Ushbu JShShIR mavjub bo´lmagan taqdirda uni xorijdagi diplomatik yoki konsullik muassasalarida bepul tarzda rasmiylashtirish mumkin.
5. Agar Elektron raqamli imzo (ERI) egasi Yuridik shaxsning vakili (Yuridik shaxsning rahbari bundan mustasno) bo'lsa, so'rovnomaga ERI yopiq kaliti egasining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko'rsatilgan hamda ushbu ERI yopiq kaliti egasiga ERI kalitlarini va ERI kalitining sertifikatini berish to'g'risida yuridik shaxsning xati va notarial tasdiqlangan ishonchnoma.
6. Elektron raqamli imzo kaliti sertifiqati uchun USB flesh-diski - 1 dona.
7. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 70 evro.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Recibo de transferencía), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Madriddagi Elchixonasining rekvizitlari:
CAIXABANK, S.A.
Foreign currency: Euros
IBAN ES22 2100 6704 0202 0009 0842
SWIFT / BIC: CAIXESBBXXX
Calle General Martinez Campos, 46, 28010 Madrid (Madrid)