Elchixonaning doimiy konsullik ro'yxatida turuvchi a'zolari uchun pasport rasmiylashtirish/almashtirish.
Ispaniya va Portugaliyada doimiy ravishda istiqomat qilayotgan va Elchixonaning doimiy konsullik ro’yxatidan o’tgan fuqarolarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish/almashish
O'zbekistonning Madriddagi Elchixonasining konsullik bo'limi Elchixonada doimiy konsullik ro’yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlarni rasmiylashtiradi/almashtiradi.
DIQQAT! Agar fuqaro yoki voyaga yetmagan shaxs Elchixona doimiy konsullik ro'yxatidan o'tmagan bo'lsa, bu holda avval doimiy konsullik ro'yxatidan o'tishi talab etiladi. (doimiy konsullik ro'yxatdan o'tish tartibi). So'ngra pasport uchun hujjatlar qabul qilinadi.
Pasport rasmiylashtirish uchun murojaat etuvchining shaxsan Elchixonaga tashrif buyurishi talab etiladi.
Xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun quyidagi hujjatlarni Elchixonaning konsullik bo'limiga taqdim etish kerak:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi ANKETA-ariza. Ariza shaklini bosmadan chiqarib bosma harflar bilan o'zbek yoki rus tillarida to'ldirilishi kerak. Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi (ariza shaklini bosmalash).
2. Pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
4. Ariza beruvchining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Ispaniya va Portugaliya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
5. Agar pasportni olish/almashtirish uchun o'z vaqtida ariza berilmagan bo‘lsa (pasportning amal qilish muddati tugagan holatda), vaziyat va sabablar batafsil tushuntirilgan konsul nomiga yozma tushuntirish xati berilishi kerak (shaklni yuklab oling). Pasport olish bo‘yicha o'z vaqtida murojjat qilinmagan bo’lsa (bir oydan ortiq) 18 yoshdan boshlab har bir kalendar yil uchun 50 evro jarima undiriladi. Belgilangan jarima to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya qolgan hujjatlar bilan birga alohida biriktiriladi.
6. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 170 evro.
7. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlaringiz uchun fayl - 1 dona (namuna).
Voyaga yetmagan shaxslar uchun.
Voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan, ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari bilan Elchixonada doimiy ro’yxatdan o'tgan shaxslar uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Xorijga chiqish biometrik pasportini berish to'g'risidagi ANKETA-ariza. Ariza shaklini bosmadan chiqarib bosma harflar bilan o'zbek yoki rus tillarida to'ldirilishi kerak. Har bir ustundagi tafsilotlar to'liq to'ldirilgan ariza haqiqiy deb hisoblanadi (ariza shaklini bosib chiqarish).
2. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning asli va nusxasi (voyaga etmagan va 16 yoshga to'lguniga qadar xorijga chiqish biometrik pasportini olmagan shaxslar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma (Legalizatsiya yoki Apostil talab qilinmaydi);
b) Ispaniya va Portugaliyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, ushbu hujjat tegishli idoralarda Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya va Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan rus yoki o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
Agar hujjat Legalizatsiya qilinsa Apostil talab qilinmaydi yoki aksincha Apostil qilingan hujjat Legalizatsiya qilinmaydi.
3. Agar amaldagi pasporti mavjud bo’lsa, pasportning asl nusxasi (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometrik) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
5. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun) - xorijga chiqish biometrik pasportini birinchi marta olish uchun. Agar ota-onadan birining pasportini taqdim etishning iloji bo'lmasa, tegishli hujjat taqdim etiladi, xususan:
a) o'lim to'g'risidagi guvohnoma;
b) ajralish to'g'risidagi guvohnoma yoki nikohni bekor qilinganligi haqidagi sud qaroridan ko'chirma (nusxa);
v) ota-onalardan birini yo'qolgan yoki o'lgan deb tan olinganligi to'g'risida vakolatli idoralarning ma'lumotnomasi;
g) bolani yolg'iz ota-onaga qaram deb topish to'g'risida;
e) qabul qiluvchi mamlakat qonunchiligiga muvofiq boshqa hujjat;
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Ispaniya va Portugaliya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
7. Agar ota-onalardan biri xorij fuqarosi bo’lsa, uning bolaning xorijga chiqish biometrik pasportini olishga e'tirozi yo’qligini tasdiqlovchi notarial tasdiqlangan arizasi. Agar xorijlik ota yoki onaning arizasi yashash mamlakati tilida tuzilgan bo'lsa, unda ushbu hujjat qasamyod qilgan tarjimon tomonidan rus yoki o'zbek tillariga tarjima qilinishi kerak.
8. O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy propiskada bo'lgan/yashaydigan ota yoki onaning notarial tasdiqlangan roziligi (agar 16 yoshga to'lmagan shaxs ota yoki ona bilan birga doimiy konsullik ro’xatda bo'lsa).
9. Ota-ona yoki boshqa hamrohlik qilayotgan shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati.
10. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlaringiz uchun fayl - 2 dona (namuna).
11. To’lov kvitansiyasi - 20 evro.
Familiyasi, ismi, otasining ismi, tug'ilgan sana, jinsi o'zgarishi yoki yozuvlardagi xatolar va noaniqliklar aniqlanishi munosabati bilan xorijga chiqish biometrik pasportini almashtirishda, fuqaro ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni konsullik muassasasiga taqdim etadi.
Ta'kidlash joizki, Elchixonaning konsullik bo'limi, agar zarur deb bilsa, yuqoridagi ro'yxatda ko'rsatilmagan boshqa hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.
Xorijda nikoh yoki ajrashish holatida, nikoh yoki ajralish to'g'risidagi guvohnomaning asl nusxasini legalizatsiya qilingan holatda (Ispaniyada) yoki Apostil qo'yilgan (Apostil - Portugaliya vakolatli organlarida) ushbu hujjatning belgilangan nusxasida taqdim etilishi kerak.
Ba'zi hollarda, konsullik bo’limi boshqa fuqaroligi yo'qligini tasdiqlovchi hujjatni aslini tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjimasi bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan holda so'rashga haqlidir.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan, bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasining rekvizitlari:
Embajada de Uzbekistan
CAIXABANK, S.A.
Foreign currency: Euros
IBAN ES22 2100 6704 0202 0009 0842
SWIFT / BIC: CAIXESBBXXX
Plaza de Colón, 1, 28001 Madrid, Madrid.
Fotosurat talabi
Fotosurat ICAO Doc 9303 ning quyidagi talablariga javob berishi kerak:
- fotosurat hajmi 300 x 400 piksel (px);
- 96 dpi dan kam bo'lmagan ruxsat;
- JPEG fayl formati;
- fayl hajmi 30 KB dan oshmasligi kerak;
- ko'z qorachig'i orasidagi masofa 90 piksel (px) ga teng bo'lishi kerak;
- tasvir aniq va kontrastli bo'lishi kerak;
- suratga olinayotgan odamning nigohi to'g'ridan-to'g'ri linzaga qaratilishi kerak;
- yuz xususiyatlarini buzmaydigan yoki sezilarli darajada o'zgartirmaydigan neytral bo'yanish;
- yorqinlik/kontrast o'rtacha bo'lishi kerak;
- ko'zlar ochiq va aniq ko'rinadi, ular sochlar bilan qoplanmasligi kerak;
- fotosuratdagi yuz rasmning markazida, qat'iy ravishda to'liq yuzida, ko'zoynaksiz, bosh kiyimsiz va boshni aylantirmasdan yoki egmasdan, yuzning konturlari aniq ko'rinadigan bo'lishi kerak;
- fon bir xil va engil, dog'lar, naqsh va chiziqlarsiz bo'lishi kerak;
- tortishish paytida bir xil yoritish, porlash yo'qligi, yorqin joylar, o'tkir soyalar va kontrastlar;
- ilovada ko'rsatilgan odatiy xatolarga yo'l qo'ymaslik (shuningdek, Internetda / googleda / "ICAO standarti bo'yicha suratga olish talablari" qidiruviga qarang).