O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnomani rasmiylashtirish.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi Elchixonaning Konsullik bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy ro’yxatdan o’tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti yoki fuqaroligi yo’q shaxs guvohnomasi yo'qolgan, yaroqsiz holga kelgan, muddati o’tgan, barcha betlari foydalanib bo’lingan hollarda rasmiylashtiriladi.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun murojaat etuvchi Elchixonaga shaxsan tashrif buyurib, konsullik suhbatidan o'tishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. O'zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Elchixonasi konsuli nomiga ariza (namunani chop etish).
2. To'ldirilgan Anketa-ariza 2-nusxada. Anketa elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari - consul.mfa.uz yoki consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. To'ldirgandan so'ng, anketa yuqori o’ng burchagida shtrixli kod bilan tayyor bo'ladi va uni varaqqa bosmalash talab etiladi;
3. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosurat (2 dona).
4. Pasportning asli va nusxasi (yaroqsiz holga kelgan va muddati o’tgan, barcha betlari foydalanib bo’lingan hollarda).
5. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma (Legalizatsiya yoki Apostil talab qilinmaydi);
b) Ispani va Portugaliyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, ushbu hujjat tegishli idoralarda Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya va Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan rus yoki o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
Agar hujjat Legalizatsiya qilinsa Apostil talab qilinmaydi yoki aksincha Apostil qilingan hujjat Legalizatsiya qilinmaydi.
6. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlarining (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) barcha varaqlaridan (bo'sh varaqlaridan tashqari) nusxalar (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun).
7. Voyaga etmagan bolaning ota-onalarining ushbu hududda qonuniy yashayotganligini tasdiqlovchi hujjat. Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Ispaniya va Portugaliya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi hujjati.
8. Politsiyadan pasport yo'qolganligi to'g'risidagi ma’lumotnoma (pasport yo'qolgan taqdirda). Ma’lumotnoma qabul qiluvchi mamlakatning vakolatli idorasi tomonidan tasdiqlangan va qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilingan bo'lishi kerak. Ushbu ma’lumotnomaning asli va nusxasi tarjimasi bilan birga taqdim etiladi.
9. Pasport yo'qolgan taqdirda, iloji boricha yo'qolgan pasport yoki O'zbekiston Respublikasining vakolatli idoralari tomonidan berilgan boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasini taqdim etish kerak.
10. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risidagi kvitansiya - 60 evro, 16 yoshgacha bo'lganlar uchun to'lov - 10 evro.
Sertifikat berish faqat O'zbekiston Respublikasi vakolatli idoralaridan tegishli tasdiq olinganidan keyingina amalga oshiriladi.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma bir oydan uch oygacha bo’lgan muddatga rasmiylashtiriladi va muddati uzaytirilmaydi.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma har bir shaxs uchun alohida rasmiylashtiriladi. Voyaga etmagan bolalar haqidagi ma’lumot boshqa shaxsning guvohnomasiga kiritilmaydi.
O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma yaroqsiz holga kelgan, muddati o’tgan yoki barcha betlari foydalanib bo’lingan passport o’rniga berilgan hollarda, mazkur eski passport Elchixonaga topshirilishi kerak.
O'zbekiston Respublikasiga qaytib kelgandan so’ng, fuqaro mazkur guvohnomaning amal qilish muddati tugash kundan kechiktirmay yangi pasport olish uchun doimiy yashash tumanidagi ichki ishlar bo’limiga murojaat etishi shart.
Quyidagi hollarda murojaat etuvchiga O'zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma berilmasligi mumkin:
- o'zi haqida bila turib yolg'on ma'lumot berish yoki hujjat yo’qotilganligi bo’yicha soxta xabar berish;
- taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi (ro'yxat asosida tayyorlanmaganligi, noto'g'ri to'ldirish).
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan, bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasining rekvizitlari:
Embajada de Uzbekistan
CAIXABANK, S.A.
Foreign currency: Euros
IBAN ES22 2100 6704 0202 0009 0842
SWIFT / BIC: CAIXESBBXXX
Plaza de Colón, 1, 28001 Madrid, Madrid.