Yurtdoshlarimiz diqqatiga!

2026-yil 25-26-aprel kunlari Qoraqalpog'istonning Ellikqal'a tumanidagi Aqchako'l manzilida "Yosh vatandoshlar forumi" bo'lib o'tadi.
Barchangizni ushbu forumga taklif etamiz!
Buning uchun siz vatandoshlar.uz/yoshlar portalida ro‘yxatdan o‘tib o‘z taklif va tashabbuslaringizni yuborishingiz kerak bo'ladi.
Eng sara taklif va tashabbus egalari forumga taklif etiladi. Ishtirokchilarning tadbirga doir barcha xarajatlari "Vatandoshlar" jamoat fondi tomonidan qoplanadi.
Ro'yxatdan o'tish 2026-yil 15-aprel Toshkent vaqti bilan 23:59 ga qadar davom etadi!
Shoshiling! Fursatni boy bermang!