O‘zbekiston va Ispaniya TIV rahbarlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik masalalari bo‘yicha vaziri Xose Manuel Albares Bueno bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
“Ispaniya tashqi ishlar, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik masalalari bo‘yicha vaziri Xose Manuel Albares Bueno bilan telefon orqali mazmunli va konstruktiv muloqot o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida. – Suhbat jarayonida Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi yuzasidan fikr almashildi, xalqaro huquq normalariga qatʼiy rioya qilish, keskinlikni yumshatish va muloqot barqaror tinchlikka erishishning yagona yo‘li bo‘lib qolayotgani taʼkidlandi.