Toshkentda “AgroWorld Uzbekistan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

25–27-mart kunlari Toshkentda “AgroWorld Uzbekistan” parrandachilik uskunalari va texnologiyalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ko‘rgazmada parrandachilik bo‘yicha yangi uskunalar, oziqlantirish texnologiyalari, inkubatsiya tizimlari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun mahsulotlar, kesish va qayta ishlash jihozlari namoyish etiladi.
Tadbir davomida 64 ta kompaniya ishtirok etishi rejalashtirilgan. Xususan:
“Agrovo Handelsges” – tuxumni saqlashning kompleks logistika tizimi, tuxumni yig‘ish, tortish, sifati bo‘yicha saralash va qadoqlash mashinalarini yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
“Emka Incubators” – parrandachilik uchun inkubatorlar va inkubatsiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi.
“Petersime” – inkubatorlar va inkubator uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya.
“Yetti Hazina” hamda parrandachilikka ixtisoslashgan boshqa yetakchi kompaniyalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
· O‘tkazish sanasi: 2026-yil 25–27-mart.
· O‘tkazish joyi: “O‘zekspomarkaz” MKK, Toshkent shahri.
Ishtirokchilar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi va bepul elektron hujjat olishi mumkin: