Ispaniyada O‘zbekistonning transkontinental aloqalarni rivojlantirishdagi roli muhokama qilinadi

2026-yil 25-fevral kuni Madriddagi “Centro Riojano de Madrid” madaniyat markazida O‘zbekistonning transkontinental aloqalarni rivojlantirishdagi roliga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Madrid avtonom hamda Kadis universitetlari bilan hamkorlikda “Casa Asia” tashkiloti ko‘magida tashkil etiladi.
Konferensiya doirasida O‘zbekistonning Ispaniya va Portugaliya bilan munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlik va geosiyosat, akademik, madaniy va iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha ispan va portugal olimlari va ekspertlarining ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ushbu konferensiyaning o‘tkazilishi Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy va diplomatik yo‘nalishdagi munosabatlarni, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga sezilarli ijobiy taʼsir ko‘rsatishi kutilmoqda.