O‘zbekiston eksporti 11 oyda 26 foizdan ko‘proqqa oshdi

2025 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 30,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,2 foizga ko‘p.
Ushbu davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan TOP-10 davlat (AQSH dollarida):
Rossiya - 4 milliard dollar,
Xitoy - 1,9 milliard dollar,
Afg‘oniston - 1,3 milliard dollar,
Qozog‘iston - 1,3 milliard dollar,
Turkiya - 1 milliard dollar,
Fransiya - 775,8 mln dollar,
BAA - 642,7 mln dollar,
Qirg‘iziston - 560,4 mln dollar,
Tojikiston - 531,8 mln dollar,
Pokiston - 321,8 million dollar.
Eksport ko‘rsatkichlarining ishonchli o‘sishi O‘zbekiston mahsulotlarining raqobatbardoshligi ortib borayotganini tasdiqlaydi va jahon bozorida milliy iqtisodiyot rivojlanishining ijobiy dinamikasini aks ettiradi.