Yilning dastlabki 10 oyi davomida O‘zbekiston 197 ta davlatdan 9,7 million sayyohni jalb qildi

2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonga sayyohlik maqsadida 9,7 million nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, sayyohlar oqimi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 million kishiga yoki 50 foizga o‘sgan.
O‘n oy davomida sayyohlar jami 197 ta davlatdan tashrif buyurgan.
Sayyohlarning jins kategoriyasi bo‘yicha taqsimoti:
Erkaklar – 5 million 273 ming 836 kishi,
Ayollar – 4 million 458 ming 82 kishi.
Tashrif buyuruvchilarning yosh bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
18 yoshgacha – 1280688
19–30 yosh – 1590907
31–55 yosh – 4888764
56 yosh va undan katta –1971559
Qo‘mita maʼlumotida qayd etilishicha, sayohatchilarning asosiy qismini 31–55 yoshdagi shaxslar tashkil etib, ular umumiy sayyohlar oqimining yarmidan ko‘piga to‘g‘ri keladi.