“O‘zekspomarkaz” MKK maydonida “Aquatherm Tashkent – 2025” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Shu yilning 7-9 oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” Milliy Ko‘rgazma kompaniyasi maydonida “Isitish, ventilyatsiya, havoni konditsionerlash, suv taʼminoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari, muqobil energiya manbalari – “Aquatherm® Tashkent 2025” 13-Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
“Aquatherm® Tashkent” – O‘zbekistondagi yagona ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma bo‘lib, bu yerda barcha turdagi muhandislik yechimlari har tomonlama taqdim etiladi:
-Isitish: radiatorlar, qozonxonalar, “issiq pol” tizimlari;
-Konditsionerlash va ventilyatsiya: maishiy yechimlardan sanoat yechimlarigacha;
-Suv taʼminoti va drenaj: klapanlar, filtrlar, nasoslar, reduktorlar, septiklar;
-Maishiy va muhandislik santexnika: quvurlar, suv hisoblagichlari, fitinglar, kranlar, dush kabinalari.
Ko‘rgazmada BAA, Chexiya, Eron, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi, Ozarbayjon, Polsha, Qozog‘iston, Rossiya, Turkiya, Xitoy va O‘zbekistondan 175 ta kompaniya va brendlar ishtirok etishini tasdiqladi.
Turkiya va Rossiya, jumladan, Moskva viloyati, Kaluga, Perm va Ulyanovsk kompaniyalarining jamoaviy ishtiroki kutilmoqda.
Ishtirokchilar orasida Midea, Wilo, Haier, CNP, Bosch, Grandfar, Kan Sp. z o.o, Wavin Pilsa, Hisense HVAC, TICA, Dayuan kabi taniqli brendlar bor.
Bu yil ham ko‘rgazmada yetakchi ishlab chiqaruvchilar va distribyutorlarning yuqori sifatli mahsulotlari namoyish etiladi. 1 va 2-pavilyonlarda qozonxonalar uchun uskunalar va texnologiyalar, gorelkalar, isitish radiatorlari, quritgichlar, issiqlik almashtirgichlar, sochiq quritgichlari, konvektorlar, nasos stansiyalari, suv filtrlari, suv tozalash tizimlari, kanalizatsiya uskunalari, suv isitgichlari, santexnika uskunalari namoyish etiladi. Shuningdek, keng assortimentdagi quvurlar (po‘lat, metall-plastik, PVX, PE, polipropilenli) va fitinglar, o‘chirish, nazorat qilish va xavfsizlik klapanlari va gidroizolyatsiya ham taqdim etiladi.
“Aquatherm® Tashkent”ga tashrif quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
-Texnologik innovatsiyalar bilan tanishish;
-Mutaxassis maslahatini olish;
-Ishonchli yetkazib beruvchilarni topish;
-3 kun ichida asosiy biznes muammolarini hal qilish.
Rasmiy ko‘mak:
-O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi;
-O‘zbekiston Qurilish, uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
-O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
-O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi;
-Toshkent shahar hokimligi.
“Aquatherm® – Wiener Messe und Congress GmbH kompaniyasiga tegishli jahonga mashhur brend bo‘lib va uning ostida ko‘plab mamlakatlarda shunga o‘xshash ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. O‘zbekistonda ushbu brenddan foydalanishga ruxsat berilgan yagona yuridik shaxs Iteca Exhibitions hisoblanadi.