O‘zbek pianisti Madriddagi konsertda chiqish qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi Ispaniyada mashhur o‘zbek pianinisti Behzod Abduraimovning Madriddagi yakkaxon konserti haqida ma’lumot berishdan mamnun.
Konsert 2025-yil 14-oktabr, seshanba kuni, soat 19:30da Auditorio Nacional de Músicada bo‘lib o‘tadi.
Dasturda mashhur bastakorlarning asarlari taqdim etiladi: Brahms, Czerny, Liszt, Debussy va Stravinsky.
Ispaniyadagi o‘zbek jamoasi va Elchixona do‘stlari uchun 15 % chegirma mavjud. Promo-kod: 15UZBEK.
Chiptalarni quyidagi havola orqali xarid qilishingiz mumkin: fundacionscherzo.koobin.es/abduraimov25.
Elchixona barcha musiqasevarlarni ushbu yirik san’at tadbirida ishtirok etishga taklif qiladi va mashhur o‘zbek pianinistining ijodidan bahramand bo‘lishga chorlaydi.