2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 51 milliard dollardan oshdi

Joriy yilning 8 oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 51,4 milliard AQSH dollarini tashkil etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish 8 milliard 489 million dollarni yoki 19,8 foizni tashkil etdi.
2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari:
Xitoy - 9,7 mlrd dollar;
Rossiya - 8,3 mlrd dollar;
Qozog‘iston - 3 mlrd dollar;
Turkiya - 1,9 mlrd dollar;
Koreya Respublikasi - 1,1 milliard dollar;
Afg‘oniston - 1 mlrd dollar;
Fransiya - 991,3 mln dollar;
Hindiston - 858,1 mln dollar;
Germaniya - 854,4 mln dollar;
BAA - 823 million dollar.
2023-yilning yanvar-avgust oylarida tashqi savdo aylanmasi 40 milliard dollardan biroz oshgan bo‘lsa, 2024-yilning 8 oyida qariyb 43 milliard dollarga yetdi. Tashqi savdo aylanmasining barqaror o‘sishi O‘zbekistonning iqtisodiy aloqalari geografiyasi faol kengayib, xalqaro bozorlardagi mavqei mustahkamlanib borayotganini aks ettiradi.