TIV Samarqand shahrida o'tkaziladigan YUNESKO Bosh konferensiyaning 43-sessiyasini yoritish uchun OAV vakillarini akkreditatsiya qilish jarayoni boshlanganini ma'lum qildi

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Samarqand shahrida o'tkaziladigan YUNESKO Bosh konferensiyaning 43-sessiyasini yoritish uchun ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiya qilish jarayoni boshlanganini ma'lum qiladi.
TIV ma'lumotiga ko'ra, konferensiyani yoritishda qatnashishni istagan jurnalistlar BMTning "INDICO" platformasida ro'yxatdan o'tib, akkreditatsiyadan o'tishlari lozim.
Onlayn ro'yxatdan o'tish shakli quyidagi havola orqali taqdim etiladi:https://indico.un.org/event/1017853/registrations/21114/.
OAV vakillarining arizalari 2025-yil 10-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Belgilangan muddatdan keyin yuborilgan murojaatlar, shuningdek zarur ma'lumotlarsiz va to'ldirilgan so'rovnomasiz arizalar ko'rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Shu bilan birga, sammitni yoritishda ishtirok etish uchun xorijiy OAV vakillarining topshirgan arizalari O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ularning akkreditatsiya qilinganligi to'g'risidagi tasdiqnomasiz O'zbekistonga tashrif buyurish va jurnalistik faoliyati bilan shug'ullanish uchun asos bo'la olmaydi.
Qo'shimcha savollar yuzasidan O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmatiga press@mfa.uz elektron pochtasi orqali murojaat qilish mumkin.