O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga qilgan hujumi munosabati bilan rasmiy bayonot berdi

O'zbekiston tashqi ishlar vazirligi Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga qilgan hujumi munosabati bilan rasmiy bayonot berdi.
"O'zbekiston Respublikasi Isroilning Doha shahridagi turar joy hududiga uyushtirgan hujumlarini qoralaydi va buni Qatar Davlati suverenitetini buzish, chegaralar daxlsizligi va xavfsizligiga tajovuz deb baholaydi, - deyiladi TIV bayonotida. - Bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul bo'lib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy me'yor va tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik hisoblanadi.
O'zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday ko'rinishiga va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni yanada keskinlashtiradigan qadamlarga izchil ravishda qarshi ekanini bildiradi".