Yurtdoshlar diqqatiga!

30-iyul - Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan joriy yilning 30-iyul - 30-avgust kunlari "Vatanga qaytish" xayriya aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Aksiyadan ko‘zlangan maqsad xorijda qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish va samarali reintegratsiya qilishdan iborat.
Murojaat uchun Migratsiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, @legalaiduzbot ga murojaat qilish yoki 12-82 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.