O'zbekiston 2025 yil yoz mavsumida ispaniyaliklar orasida sayohat qilish uchun eng mashhur yo'nalishlardan biriga aylandi

Ispaniyaning ommabop "La Vanguardia" gazetasi "Mapa Tours" 2025-yil yozining sayyohlik tendensiyalarini ochib beradi: O'zbekiston, Norvegiya va Xorvatiya mashhur yo'nalishlar qatorida" sarlavhali maqolani chop etdi.
Unda O'zbekiston 2025-yil yoz mavsumida ispaniyalik sayyohlar orasida eng ko'p talab qilinadigan yo'nalishlardan biriga aylangani ma'lum qilingan.
Maqolada O'zbekiston "Mapa Tours" mijozlari orasida Norvegiya, Boltiqbo'yi davlatlari, Xorvatiya, Ruminiya, Sloveniya, Sitsiliya, Markaziy Yevropa va Misr kabi mamlakatlar qatorida eng mashhur yo'nalishlardan biri bo'lib qalayotgani qayd etilgan. Ushbu mamlakatlar o'zining boy madaniy merosi, qiziqarli tarixi va tabiiy landshaftlari bilan bir-biridan ajralib turadi ham sayyohlarni faol jalb etmoqda.
"Bu yo'nalishlarga talabning yuqoriligi ajablanarli emas, chunki bu tendensiya noyob va g'ayrioddiy joylarni ko'rish, kundalik hayotdan chetga chiqish imkonini beradi. Shu bilan birga mazkur davlatlarga sayohat Ispaniyadagi an'anaviy yozgi ta'tilga nisbatan ko'p moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi", – deya "Mapa Group Travel" bosh direktori Devid More so'zlaridan iqtibos keltirilgan materialda.
Maqola xulosasida "Boy madaniy meros, noyob tarixiy obidalar va xilma-xil tabiiy landshaftlar O'zbekistonni yangi taassurotlar va haqiqiy sayohatni izlayotganlar uchun yana-da jozibador tanlovga aylantiradi",– deb yozilgan.
Ta’kidlash joizki, ispaniyalik sayyohlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgani mamlakatimizning eng talabgir va istiqbolli sayyohlik yo‘nalishlaridan biri ekanligini tasdiqlaydi. Boy madaniy meros, noyob tarixiy yodgorliklar va xilma-xil tabiiy landshaftlar O‘zbekistonni yangi taassurotlar va haqiqiy sayohatlarni izlayotganlar uchun jozibador tanlovga aylantiradi.