24-26 iyun kunlari Toshkentda “MINEX Central Asia 2025” forumi bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 24-26 iyun kunlari O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) mezbonligida “MINEX Central Asia 2025” forumi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu forum kritik minerallar bo‘yicha global kelajak masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda O‘zbekiston texnologik metallar kombinati mezbonligida tashkil etilmoqda.
“MINEX Central Asia 2025” doirasida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:
- nodir metallar bo‘yicha ishlab chiqarishdan to qayta ishlashgacha bo‘lgan barqaror taʼminot zanjirlarini yaratish;
- mintaqaviy strategik sheriklik va sarmoyaviy ishonch muhitini shakllantirish;
- ESG standartlari va barqaror konchilik amaliyoti;
- qayta ishlash, raqamlashtirish va innovatsiyalar;
- ilmiy hamkorlik va kadrlar salohiyatini rivojlantirish;
- global taʼminot zanjirlariga integratsiya va tashqi investorlar ishtirokidagi yuqori texnologik loyihalarni targ‘ib qilish.
Shuningdek, forum doirasida ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida geologiya va konchilik sohasida yangilik yaratayotgan, barqarorlik va yetakchilikni namoyon etayotganlarni taqdirlash bo‘yicha “Central Asian Mining & Geological Exploration Award” mukofotini topshirish marosimi o‘tkaziladi.
Agar sizning faoliyatingiz kamyob minerallar, barqaror taʼminot zanjirlari, yashil transformatsiya yoki mintaqaviy sheriklik bilan bog‘liq bo‘lsa, bu forum aynan Siz uchun!
Batafsil maʼlumot olish va ro‘yxatdan o‘tish https://2025.minexasia.com orqali amalga oshiriladi.