Oliy Majlisga saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi
Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda parlament saylovining dastlabki natijalarini e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Brifingda ma’lum qilinganidek, ovoz berishda 15 270 529 nafar saylovchi yoki umumiy saylovchilarning 74,72 foizi ishtirok etdi.
Proporsional tizim bo‘yicha “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 5 194 041 ovoz to‘plab, 26 deputatlik o‘rni; “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 2 812 493 ovoz va 14 deputatlik o‘rni; O‘zbekiston Ekologik partiyasi – 1 960 764 ovoz va 10 deputatlik o‘rni; O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi – 2 558 016 ovoz va 13 deputatlik o‘rni; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 2 420 857 ovoz va 12 deputatlik o‘rni egaladilar.
Majoritar tizimga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatlik o‘rinlari quyidagicha taqsimlandi:
“Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” partiyasi – 38 nafar deputat;
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 15 nafar;
O‘zbekiston Ekologik partiyasi – 6 nafar;
Xalq demokratik partiyasi – 7 nafar;
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 9 nafar deputat.
Natijada, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan 64 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan 29 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan 21 nafar, Xalq demokratik partiyasidan 20 nafar va Ekologik partiyadan 16 nafar deputat saylandi.