O'zbekiston Prezidenti 5-6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo'ladi
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 5-6-iyul kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo'ladi, deb "Dunyo" axborot agentligi xabar qilmoqda.
Sammit davomida ko'p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya va investitsiya-moliya sohalarida, shuningdek, "yashil" iqtisodiyot, qayta tiklanadigan energetika, iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish yo'nalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Delegatsiyalar rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko'rib chiqadilar.
Tadbir yakunida qator qo'shma hujjatlar qabul qilinishi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Ozarbayjonda bo'lgan edi. Shuningdek, tashrif davomida Shusha shahriga bordi. Ushbu qadimiy shaharni haqli ravishda Qorabog' gavhari, Kavkaz san'ati va ozarbayjon musiqasining beshigi deb atashadi.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat