DIQQAT, E’LON!!!
Joriy yilning 30 aprel kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tishi belgilangan. Referendumda fuqarolar o‘z huquqlaridan foydalangan holda faol ishtirok etib, siyosiy irodalarini namoyon etishlari mumkin.
Referendumda qatnashishga 18 yoshga to’lgan va xorijda istiqomat qilayotgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari toʻla haqlidirlar.
Referendum joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagidagi (Madrid shahri) Elchixonasi huzurida tashkil qilingan 15-sonli referendum uchastkasi tomonidan o’tkaziladi.
Shuningdek, 19-26 aprel kunlari muddatdan avval ovoz berish imkoni mavjud.
Manzil: Plaza de la lealtad, 3 entreplanta derecha, 28014 Madrid
Tel.: +34 91 310 16 39
E-mail: consulado@uzbekembassy.es; secretaria@uzbekembassy.es
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshadi, Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga koʻpayadi, yaʼni amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanadi.
Yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yoʻnalishlarini tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yoʻlida eng muhim huquqiy poydevor boʻlib xizmat qiladi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga kiritilgan yangi normalar barcha sohalarni taraqqiy ettirishga, shu jumladan, davlat hokimiyatining yanada samarali tashkil qilinishiga yordam beradi.