Isroildagi vatandosh: O‘zbekiston erkin bozor iqtisodiyoti va kuchli ijtimoiy himoyalash tizimiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan dadil odimlamoqda
TEL'-AVIV, 10 iyul. /«Dunyo» AA/. Isroilda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan vatandoshimiz Nodira Bobojonova O‘zbekistondagi konstitusiyaviy islohotlarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
– O‘zbekiston erkin bozor iqtisodiyoti va kuchli ijtimoiy himoyalash tizimiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan dadil odimlamoqda. Davlatimiz Konstitusiyasi ushbu maqsadlar yo‘lida muhim huquqiy zamin, jamiyatimizda barqarorlik, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarining kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bu borada aholi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga kelayotgan bitiruvchilar bandligini ta'minlash bo‘yicha yangi ta'sirchan mexanizmlarni joriy etish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishda qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratgan tadbirkorlik subektlari faoliyatini yanada rag‘batlantirishga e'tibor qaratilishi lozim.
Darhaqiqat, yoshlar – kelajak poydevori. Ularni qo‘llab-quvatlash – eng katta dolzarb mavzulardan biridir. Aholi bandligini ta'minlash masalalarida joylarda mahalliy ijro hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ta'lim muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va keng jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va javobgarlik mexanizmlaridan unumli foydalanishga alohida e'tibor qaratilsa ko‘zlangan pirovard maqsadga muvofiq bo‘ladi.