Jenevadan munosabat: O‘zbekiston Konstitusiyaviy komissiyasi qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta'minlashda muhim rol' o‘ynaydi
JENEVA, 9 iyul. /«Dunyo» AA/. BMTning Sud'yalar va huquqshunoslar mustaqilligi bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi Diego Garsiya-Sayan «Dunyo» AA uchun interv'yusida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitusiyaviy islohotlar haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlari himoyasini ta'minlashda Konstitusiyaviy komissiya asosiy o‘rin tutadi.
Bundan 3 yil avval BMTning sud'yalar va huquqshunoslar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma'ruzachisi sifatida O‘zbekistonga tashrif chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoev va boshqa mutasaddilar bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdim. Ishonch bilan qayd etish mumkinki, o‘tgan davr mobaynida respublikada qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq vaziyat yaxshilandi.
Konstitusiyaviy islohotlar e'lon qilinganidan beri mamlakatda muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi va tegishli loyiha tayyorlandi. O‘lim jazosini bekor qilishni Asosiy qonunda belgilash, «Xabeas korpus» tamoyilini joriy etish va fuqarolarning erkin harakatlanishi kabi normalar shular jumlasidandir.
BMTning maxsus ma'ruzachisi sifatida shuni ta'kidlashni istardimki, Konstitusiyadagi asosiy o‘zgarish «Inson sha'ni va qadr-qimmati uchun» tamoyilini, shuningdek, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini, huquqshunoslar va sud'yalarning mustaqilligini to‘liq amalga oshirish zarur.
O‘zbekiston Konstitusiyasiga kiritish talif etilayotgan o‘zgartishlarda «O‘zbekiston-ijtimoiy davlat» tamoyilini amalga oshirish bo‘yicha konstitusiyaviy normani belgilash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar bilan respublikani qutlayman. O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilish maqsadida xalqaro tashkilotlar bilan yo‘lga qo‘yilgan muloqot boshqa davlatlar uchun ham namuna bo‘la oladi.