O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish
Ispaniya va Potugaliyada istiqomat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi hollarda O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish to'g'risidagi hujjatlarni topshirish huquqiga ega:
1. Agar O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Ispaniya va Potugaliyada doimiy yashash uchun O'zbekiston vakolatli idoralarining tegishli ruxsatnomasi asosida ketib, biroq O'zbekistondan doimiy propiskadan o'chirilgandan so'ng Elchixonada uzrsiz sabablarga ko'ra 7 yil davomida doimiy konsullik ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa.
2. Agar O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Ispaniya va Potugaliyada doimiy yashab, biroq O'zbekistondan doimiy propiskadan o'chirilgandan so'ng Elchixonada uzrsiz sabablarga ko'ra 7 yil davomida doimiy konsullik ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa, hamda chet davlatining fuqaroligini olgan bo'lsa.
O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish to'g'risidagi hujjatlarni topshirish istagida bo'lgan shaxs Elchixonaning konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi talab etiladi. Hujjatlarni boshqa shaxslar orqali yoki pochta orqali yuborishga yo'l qo'yilmaydi.
Ariza beruvchi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotish to'g'risidagi hujjatlarni topshirish uchun Elchixonaning konsullik bo'limiga ikki nusxada quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
1. O'zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Elchisi nomiga ariza (namunani chop etish).
2. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʼqotish toʼgʼrisidagi xabarnoma/ogohlantirish xati (shaklni chop etish).
2. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʼqotish toʼgʼrisidagi xabarnoma/ogohlantirish xati (shaklni chop etish).
3. Tarjimai xol (kompyuterda yozilishi kerak). Tarjimai xol ma'lumotlarini xronologik tartibda, oxirgi ish joyining aniq manzili va egallab turgan lavozimi, ism-sharifi, telefon raqami, elektron pochta manzili, O'zbekiston Respublikasi va xorij mamlakatda yashaydigan yaqin qarindoshlarining manzillari va telefonlarini ko'rsatgan holda to'ldiriladi (namunaga qarang). Sizdan tarjimai xolni elektron versiyasini (doc. yoki docx. fayl) USB flesh-diskida olib kelishni so'raymiz.
4. Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini pasportning asli va barcha sahifalardan nusxasi, shu jumladan bo'sh sahifalar ham (A4 varaqning bitta sahifasida 2 bet bo'lishi mumkin), sahifalar tartib bilan bo'lishi kerak.
5. Fuqaroning chet elga doimiy yashashga chiqganligini tasdiqlovchi hujjat.
6. Arizachining xorijiy davlat fuqarolik pasporti nushasi.
7. Аrizachining anketa maʼlumotlari (ismi, familiyasi, otasining ismi, tugʼilgan sanasi) oʼzgargan boʼlsa, mazkur holatni tasdiqlovchi xujjat. Agar ushbu hujjat xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan bo'lsa, qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan holda taqdim etiladi.
8. Аrizachining xorij fuqaroligini qabul qilgan sanasini tasdiqlovchi xorijiy davlat vakolatli organi tomonidan berilgan maʼlumotnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan holda.
9. 3,5 x 4,5 sm o'lchamdagi fotosuratlar (4 dona).
10. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlaringiz uchun fayl (Plastikschnellhefter) - 1 dona (namuna).
11. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 130 evro.
10. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlaringiz uchun fayl (Plastikschnellhefter) - 1 dona (namuna).
11. Konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya - 130 evro.
MUHIM!
- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 martdagi "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni ko'rib chiqishning yangilangan tartibini belgilash to'g'risida"gi PF-6185-sonli Farmonning 9-bandiga muvofiq, ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan O'zbekiston Respublikasi davlat tilida bo'lmagan hujjatlar arizachi tomonidan davlat tiliga (o'zbek tili) tarjima qilinadi.
- Agar O'zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, horijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblanishi uchun Legalizatsiya yoki Apostil qililgan bo'lishi lozim.
- Agar O'zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida boshqacha qoidalar belgilanmagan bo'lsa, horijdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar, O'zbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblanishi uchun Legalizatsiya yoki Apostil qililgan bo'lishi lozim.
- Murojaat etuvchidan barcha hujjatlar kelib tushgan va ularni konsullik bo'limida tekshirgan paytdan boshlab iltimosnoma ijro uchun qabul qilingan hisoblanadi.
- Agar arizachi manzilini yoki telefon raqamini o'zgartirsa, bu haqda konsullik bo'limiga yozma ravishda xabar berishi so'raladi. Ariza beruvchining haqiqiy manzili va telefon raqami bo'lmasa, konsullik bo'limi O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish to'g'risidagi hujjatlarni ko'rib chiqish natijalari to'g'risida o'z vaqtida xabar berishga kafolat bermaydi.
Fuqarolikni yo'qotish masalalari bo'yicha arizalarni ko'rib chiqish holati to'g'risidagi ma'lumotnomalar konsullik bo'limiga topshirilgandan so'ng darhol beriladi. Takroriy ma'lumotnomalar pullik - 40 evro miqdoridagi konsullik yig'imi asosida beriladi. Takroriy ma'lumotnomani olish uchun konsullik bo'limiga ariza va pasport nusxasini (faqat fotosurati bo'lgan sahifani), qaytarish uchun etarli marka yopishtirilib, o'z manzili ko'rsatilgan konvert bilan yuborish kerak.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan, bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasining rekvizitlari:
Embajada de Uzbekistan
CAIXABANK, S.A.
Foreign currency: Euros
IBAN ES22 2100 6704 0202 0009 0842
SWIFT / BIC: CAIXESBBXXX
Plaza de Colón, 1, 28001 Madrid, Madrid.