Konsullik ro'yxatidan chiqarish
Elchixonaning konsullik okrugida (Ispaniya va Portugaliya) istiqomat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar quyidagi holatlarda doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’yxatidan chiqariladi:
- boshqa konsullik okrugiga ketish (Ispaniya va Portugaliyadan tashqari boshqa davlatlar);
- mamlakatda bo'lish muddati tugashi va O'zbekiston Respublikasiga qaytib ketish;
- O'zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqish va fuqarolikni yo'qotish munosabati bilan;
- o'lim munosabati bilan.
Doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’yxatidan chiqarish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:
- belgilangan tartibdagi ariza (bosmalash);
- pasportning asli.
Doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’yxatidan chiqarish uchun konsullik yig'imi olinmaydi.
Elchixonaning konsullik okrugida istiqomat qiluvchi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lgan davrda doimiy yoki vaqtincha konsullik ro’yxatidan chiqish huquqiga egadirlar. Bunday holda, ular O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik huquqiy departamentiga murojaat qiladilar.