Vaqtincha konsullik ro'yxati.
Quyidagi maqsadlarda Elchixonaning konsullik okrugidagi mamlakatlariga (Ispaniya va Portugaliya) vaqtincha bo'lib turgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslari vaqtincha konsullik ro’yxatiga olinadi:
- hukumatlararo bitimlar yoki kelishuvlar asosida xizmat safariga borgan;
- tahsil olish;
- davolanish uchun;
- mehnat faoliyati bilan shug’ullanish;
- oilaviy birlashish.
Vaqtinchalik konsullik ro’yxatidan o'tish uchun ariza beruvchi Elchixonaning konsullik okrugida qonuniy ravishda olti oydan kam bo’lmagan davrda yashayotgan boshishi kerak.
Vaqtinchalik konsullik ro’yxatidan o'tish uchun konsullik yig'imi olinmaydi.
Vaqtinchalik konsullikni ro'yxatidan o'tish uchun murojaat etuvchiga konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi tavsiya qilinadi va quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:
1. Anketa - vaqtincha konsullik hisobiga olish uchun ro'yxatdan o'tish kartasi. Anketa elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari - consul.mfa.uz yoki consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. To'ldirgandan so'ng, anketaning yuqori o’ng burchagida shtrixli kod bilan alohida varaqqa bosmalanishi kerak;
2. 3 x 4 sm o'lchamdagi fotosurat (1 dona).
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin;
4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma (Legalizatsiya yoki Apostil talab qilinmaydi);
b) Ispaniya va Portugaliyaning FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, ushbu hujjat tegishli idoralarda Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya va Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan rus yoki o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
Agar hujjat Legalizatsiya qilinsa Apostil talab qilinmaydi yoki aksincha Apostil qilingan hujjat Legalizatsiya qilinmaydi.
5. Voyaga etmaganning ota-onalarning yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki chet elga chiqish uchun biometrik) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun).
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Ispaniya va Portugaliya vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
7. Chet elga chiqish maqsadidan kelib chiqib, qo'shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) xizmat safarida bo’lsa:
- xorijga chiqish to'g'risidagi buyruq yoki guvohnoma nusxasi;
b) tahsil olish:
- o'qish joyidan o'qish yo'nalishi va davomiyligi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillarida);
- talabalik guvohnomasining nusxasi.
v) davolanish uchun:
- qabul qiluvchi mamlakatning tibbiy muassasasi tomonidan berilgan taklifnomaning nusxasi;
- bemorni tibbiy ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi tibbiy muassasaning ma’lumotnomasi nusxasi;
d) mehnat faoliyati bilan shug’ullanish:
- ish joyidan ish joyining davomiyligi va lavozimi to'g'risidagi ma'lumotnoma (rus yoki o'zbek tillarida);
- yoki mehnat shartnomasining nusxasi (rus yoki o'zbek tillarida);
e) oilaviy birlashish uchun.
- agar turmush qurgan bo'lsan, nikoh to'g'risidagi guvohnoma nusxasi;
- agar shaxs 16 yoshga to'lmagan bo'lsa, ota-onalarning pasportlari nusxalari;
- agar yangi tug'ilgan chaqaloq bo'lsa, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
8. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlaringiz uchun fayl - 1 dona (namuna).
Kerakli hujjatlar to'plami taqdim etilgandan so'ng, arizachining pasportiga muhr bosiladi va vaqtincha konsullik hisobiga qabul qilinganligi to'g'risida tegishli yozuv qo’yiladi.