Doimiy konsullik ro'yxati
Elchixonaning konsullik okrugi mamlakatlariga (Ispaniya va Portugaliya) jo'nab ketgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar Elchixonada quyidagi shartlarda doimiy konsullik ro'yxatdan o'tadilar:
I. Ispaniya yoki Portugaliyaga doimiy yashash uchun O'zbekistonning xorijga chiqish biometrik pasporti bilan O'zbekistonning vakolatli idoralarining ruxsatini belgilangan tartibda olgan holda jo'nab ketganlar. Xorijga chiqish biometrik pasportida ro’yxatdan chiqganlik muhri va yuqorida ko'rsatilgan mamlakatlarga ketish varaqasi bo'lishi kerak.
II. Ispaniya yoki Portugaliyaga doimiy yashash uchun O'zbekistonning biometrik pasporti bilan O'zbekistonning vakolatli idoralarining ruxsatini belgilangan tartibda olgan holda jo'nab ketganlar. Biometrik pasportda "Dоimiy yashashga ketishga ruxsat berildi" stikeri bo'lishi kerak (muddati ko'rsatilmagan va tegishli ravishda o'zbek va ingliz tillarida yozilgan stiker).
III. Xorijga doimiy yashashga ketish uchun ro’yxatdan chiqganlik muddati 7 yildan oshmasligi kerak.
Doimiy konsullik ro'yxatidan o'tish uchun murojaat etuvchiga konsullik bo'limiga shaxsan murojaat qilishi tavsiya qilinadi va quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1. Anketa - doimiy konsullik hisobiga olish uchun ro'yxatdan o'tish kartasi. Anketa elektron shaklda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining interaktiv konsullik xizmatlari veb-saytlari - consul.mfa.uz yoki consulate.mfa.uz orqali to'ldiriladi. Onlayn fotosurat kiritilib har bir ustunda to'liq ma'lumotlar bilan to'ldirilgan anketa haqiqiy deb hisoblanadi. To'ldirgandan so'ng, anketaning yuqori o’ng burchagida shtrixli kod bilan alohida varaqqa bosmalanishi kerak.
2. 3 x 4 sm o'lchamdagi fotosurat - 1 dona.
3. Pasport (asl nusxa) va barcha sahifalardan nusxa (bo'sh sahifalar bundan mustasno). A4 formatdagi varaqning bitta sahifasida 2 sahifani tushirish mumkin.
4. Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar:
a) O'zbekistonda FHDYO tomonidan yoki xorijdagi O'zbekistonning konsullik muassasalarida berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma (Legalizatsiya yoki Apostil talab qilinmaydi);
b) Ispaniya yoki Portugaliyaganing FHDYO idoralari tomonidan berilgan tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma. Legalizatsiya to'g'risidagi Gaaga bitimi doirasida hujjatlar o'zaro tan olinishi sababli, ushbu hujjat tegishli idoralarda Apostil qilinadi (Apostil muhri bosilishi). Shundan keyingina hujjat O'zbekiston hukumati tomonidan tan olinadi.
Legalizatsiya va Apostil qilingan Tug'ilganlik haqidagi guvohnoma qasamyod qilgan tarjimon tomonidan rus yoki o'zbek tiliga tarjima qilinishi kerak.
Agar hujjat Legalizatsiya qilinsa Apostil talab qilinmaydi yoki aksincha Apostil qilingan hujjat Legalizatsiya qilinmaydi.
5. Voyaga etmaganning ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining pasportlari (biometrik bo'lmagan, biometrik va/yoki xorijga chiqish biometric) nusxalari (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun).
6. Ariza beruvchining/ota-onaning yoki voyaga etmaganning boshqa qonuniy vakilining ushbu hududda qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat (16 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun). Xususan, pasportdagi tegishli stiker, viza, yashash huquqi, vaqtincha yashash huquqi, mahalliy hokimiyat ma’lumotnomalari, elektron guvohnoma yoki Ispaniya yoki Portugaliyaga vakolatli idoralarining arizachiga yashashga ruxsat berilganligini bildiruvchi alohida ma’lumotnoma (asl nusxasi). Ushbu turlarning barchasi qasamyod qilgan tarjimon tomonidan o'zbek yoki rus tillariga tarjima qilinishi kerak.
7. Taqdim etgan yuqoridagi hujjatlaringiz uchun fayl - 2 dona (namuna).
8. 40 evro - konsullik yig'imi to'langanligi to'g'risida kvitansiya (16 yoshdan kattalar uchun).
9. 16 yoshgacha bo'lgan shaxslar ham alohida ariza shaklini to'ldiradilar. Biroq, to'lov miqdori faqat - 20 evroni tashkil etadi.
Kerakli hujjatlar to'plami taqdim etilgandan so'ng, arizachining pasportiga muhr bosiladi va doimiy konsullik hisobiga qabul qilinganligi to'g'risida tegishli yozuv qo’yiladi.
Elchixonadagi barcha konsullik harakatlari uchun to'lov:
- elchixonada qabul vaqtida bank to'lov kartasi bilan;
- elchixonaga qabulga kelishdan oldin pul o'tkazish yo'li bilan (Überweisungsbeleg), bunda to'lov kvitansiyasi nusxasi hujjatlarga ilova qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasining rekvizitlari:
Embajada de Uzbekistan
CAIXABANK, S.A.
Foreign currency: Euros
IBAN ES22 2100 6704 0202 0009 0842
SWIFT / BIC: CAIXESBBXXX
Paseo del Prado, 22, 28014 Madrid.